ZENIT

ZENIT (Arabcha — yo’l, yo’nalish) — osmon gumbazining kuzatuvchi tepasida joylashgan nuqtasi; shoqul (vertikal) yo’nalishining osmon gumbazi bilan kesishish joyi. Bu nuqta osmonda kuzatuvchining o’rniga bogliq ravishda o’zgarib boradi. Zenitning ufqdan balandligi 90° ga teng. Osmon gumbazining Zenitga qarama-qarshi nuqtasi nadir deb ataladi.