Sand (Sand) Jorj

Sand (Sand) Jorj (taxallusi; asl ism-sharifi Avrora Dyupen) (1804.1.7, Parij — 1876.8.6, noan, Endr departa- menta) — frantsuz yozuvchisi. Romanlari (“Indiana”, 1832; “Valentina”, 1832; “Leliya”, 1833; “Jak”, 1834; “Sayok, sho- gird”, 1840; “Yan Jijka”, 1843; “yosh qizning e’tirofi”, 1864; “so’nggi muhabbat”, 1867) da ijtimoiy adolat va shaxs erkinligi, xususan, ayollar huquqi masalalari uning ijtimoiyutopik qarashlari b-n uyg’unlashgan. Frantsuz demokrat romanistlari an’analarini davom ettirgan S. 30y. larning o’rtalaridan boshlab sensimon- chilar g’oyalari, so’l respublikachilar qarashlari b-n qiziqqan. Uning “Mopra” (1837), “Oras” (184142) romanlari shu ruxda yozilgan. Isyonkor romantizm, mil- liy ozodlik kurashi pafosi “Konsuelo” (1842-43) romanida o’z ifodasini top- gan. S, shuningdek, “qor odam” (1858), “Rimlik Jan” (1859) kabi romanlar, “Hayotim tarixi” ko’p jildli memuar ham yozgan (1854-55).