Sandiq

Sandiq — ro’zg’or buyumi; ichida uy anjomlari, kiyimkechak, zebziynat bu- yumlari va b. saqlanadi. Asosan, yog’ochdan, shuningdek, temir va b.dan ham tayyorla- nadi. Shakli to’rtburchak, usti qopqoqli bo’lib, zulfin hamda ushlab ko’tarish uchun ikki yoniga halqa o’rnatiladi, er- dan ko’tarilib turishi uchun osti (4 bur- chagi)ga poya qoqiladi. S.ning old, orqa va ostki taxtalari birbiriga qo’shib mixlanadi, yuzasi pardozlanadi, burcha- klari jilvir b-n sillik,lanadi, so’ng old tomoni (beti)ga guli chizib olinadi, shu chiziqlarga tunuka o’lchab qoqiladi, so’ngra har xil ranglarda bo’yaladi, hoshiyalariga chakich chekib gullar ham tushiriladi. Qo’chqorak, shash, nayza- li, bodomcha va b. naqsh mujassamotli S. amaliy san’atning yuksak namunasi hisoblanadi. Qadimda hayvon terisi- dan, yog’och o’ymakorligi, naqqoshlik va bo’yama tunuka b-n krplab bezatilgan yog’och S.lar ham tayyorlangan. O’rta Osiyoning Buxoro, Xorazm va b. shaharlaridagi bo- zorlarda maxsus sandiqsozlik rastalari bo’lib, ularda S.ning turli namunalari yasalib sotilgan. S.ning kichik hajmli turi quti deb ataladi. Hozirda yog’ochdan mebel — S. ham tayyorlanadi.