Sarandoz, to’r

Sarandoz, to’r—to’y yopinchig’i; to’yda, salomda kelinning boshiga yopi- ladigan to’r; nafis oq matodan tiki- ladi. Zarafshon vodiysidagi shahar va qishloqlarda keng tarqalgan. Dastlab bezaksiz bo’lgan, keyinchalik S. atrofi gir aylantirib hoshiya naqshli kashtalar tikib, chetiga uqalar tutib bezatila bosh- lagan: naqsh mujassamoti yorqin rangli gullar uyg’unlashgan sershox novdalardan iborat; gullarida kashtado’zlikdagi an’- anaviy (choyshab, so’zana) buyumlar bezagi- ning ta’siri seziladi. 20-a. o’rtalaridan Samarqand—Buxoro va b. mintaqalarda atrofiga pishiq matodan tikib kashtasi qo’lda hamda mashinada tikib ingichka va keng jiyaklar b-n bezatilgan S. keng tar- kalgan.