Sariosiyo

Sariosiyo — Surxondaryo VI- loyatidagi shaharcha. Sariosiyo tumani ma’muriy markazi. Yaqin t.y. stantsiya- si Sariosiyo (7 km). Aholisi 14,3 ming kishi (2000). Xo’jaliklari va aholis To’polondaryodan suv oladi. Shaharcha yoni- da to’polon suv ombori bor. Mahalliy toponimistlarning fikricha, tuman nomi “cap—bosh va Osiyo — tegirmon, ya’ni “tegirmon boshi” ma’nosini angla- tadi. S.da sanoat, transport, aloqa kor- xonalari, dehqon bozori, savdo madaniy, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari mavjud. Parrandachilik korxonasi ishlab turibdi. Umumiy ta’lim maktablari, kollej, maxsus internatmaktab, mada- niyat uylari, stadion, kasalxona, dori- xona va b. tibbiy muassasalar faoliyat ko’rsatadi.