Sarrov

Sarrov — bino va imoratlarning to’sinlari yoki tom yopmasi yog’ochlari (stropilalari) tagiga qo’yiladigan uzun to’sin; sinchli yoki karkasli imo- ratlarning tepasidagi uzun old to’sini (q. Sinch). S. uchun diametri 15-30 sm li g’o’lalar yoki tomonlari 15×30 sm li to’rtburchak yog’ochlar tanlanadi. S, odat- da, uzunasiga yaxlit bo’ladi. Agar imo- rat uzun bo’lsa, bir necha kalta to’sinlar birbiriga uchmauch qilib biriktiriladi. S.ga to’sinlar, stropila va tom yopmalari (tunuka, shifer va b.)ning og’irligi tu- shadi. Shuning uchun S.lar baquvvat Mate- rialdan qilinadi. Sinchli imoratlarda S. yogochdan, karkasli (metall) binolarda metalldan bo’lishi mumkin.