SANGRUNTOV TOG’LARI

SANGRUNTOV TOG’LARI – Qizilqum cho’lining Jan.sharqi (na- voiy viloyati)dagi tog’lar. Qozoqtov tog’larining baland qismi. S.t. shim. g’arbdan Jan.sharqqa 25 km cho’zilgan. Bal. 350-400 m, eng baland joyi 613 m (shim. g’arbiy qismida). Jan.Sharq tomon pasay- ib boradi. Tog’lar denudasion jarayon- lar ta’sirida kuchli emirilgan. Tekto- nik jihatdan antiklinal struktura. S.t.ning balanddagi qismlari paleozoy davri slanes, qumtosh, konglomerat, Alev- rolit, ohaktosh, mergel, gil, qum kabi tog’jinslaridan tashkil topgan. Ular orasida granit, diorit, granodiorit va b. tog’jinslari tarqalgan. Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, yozi issiq. Yiliga 100-150 mm yog’in tushadi. Doimiy oqar daryolar yo’q. S.t. yon bag’ir va etaklarida surqo’ng’ir tuproqlar bor. O’simliklardan shuvoq, burgan, teresken, toshburgan, saksovul o’sadi. Yaylov sifatida foydalaniladi.