Saraji qo’y zoti

Saraji qo’y zoti – yarim dag’al junli dumbali qo’y zoti. Vatani — Tur- kmaniston. Nomi Mari sh. Yaqinidagi Sari ja ovuli nomidan. Chorvador- lar tomonidan uzoq tanlash va saralash orqali yaratilgan. Qo’chqorlarining VAZ- ni 80-90 kg, sovliklariniki 50-65 kg. Dumbasi o’rtacha (6-7 kg), serpushtligi 110-115%. S.q.z. dumbali qo’y zotlari orasida jun mahsuldorligi bo’yicha eng yaxshi zot hisoblanadi. Sovliqlaridan 3-3,5 kg, qo’chqorlaridan 3,5— 4,5 kg jun qirqib olinadi. Junining tusi oq, och kulrang kokilchalardan iborat, uz. 12— 20 sm, tarkibida uz. 7— 9 sm tiviti bor. Sof jun chiqishi — 55— 60%. Juni tur- kman gilamlari ishlab chiqarishda xom ashyo hisoblanadi. Sof holda Turkma- nistonda ko’paytiriladi. Yil bo’yi yay- lovda boqishga mo’ljallangan. S.q.z. dan O’zbekistonda dumbali jaydari qo’ylar zotini yaxshilashda foydalaniladi. Tosh- kent viloyati Chinoz va Yangiyo’l tuman- lari xo’jaliklarida S.q.z. duragaylari urchitib ko’paytiriladi.