SASSIQ POPISHAKLAR

SASSIQ POPISHAKLAR (Lepipidae) — ko’kqarg’asimonlar turku- miga mansub qushlar oilasi. Bir turi — sassiq popishak ma’lum. Evrosiyo va Afrikada tarqalgan. Qishlash uchun Shim. hududardan Jan.ga uchib ketadi. O’zbekistonning dasht, tog’va tog’oldi hududlarida uchraydi. Tanasining uz. o’rtacha 28 sm, qanotlari 13,5—15 sm, VAZ- ni 70 g gacha. Pati oqqora yo’l-yo’l, sarg’ish jigarrang. Boshida toji (popugi) bor. Tumshug’i ingichka, bir oz pastga egilgan. Mart oyida uchib keladi. Uyasini eski da- raxtlar, imoratlar, kovaklar, qoyalar va b. erlarga quradi. Badbo’y hid tarqatadi (nomi shundan olingan). Apr.—mayda 4-6 ta tuxum qo’yadi. Tuxumini 15-20 kun bosadi. Bolalarini 22-23 kun da- vomida hasharotlar va ularning lichin- kalari b-n boqadi. Keyingi yillarda eski kovakli daraxtlarning kesib yo’q qilinishi S.p. sonining kamayib keti- shiga olib keldi. Muhofaza qilinishi lozim.