Satira teatri

Satira teatri, Abdulla Qahhor nomidagi Respublika satira teatri — O’zbekistondagi yagona hajv teatri. Toshkent sh.da joylashgan. 1986 y. “Gap egasini topadi” dasturi b-n ochilgan. “Tobutdan tovush” (Abdulla Qahhor) te- ATRning birinchi spektakli. M.Xo’jaev, X.Sa’diev, N. Otaboevlar teatr tashki- lotchilaridir. T.Sodiqov, L.Sa’dullaev, G.Sa’dullaeva, H.Musaboev, Sh.Rasulov, Sh. Ro’zioxunov, A.Ibotulinalar teat- rning birinchi aktyorlari. Hayotdagi sal- biy illatlarni, shaxslar xarakteridagi nuqson va kamchiliklarni fosh qilish va masxaralash, yangilik va yaxshilikka undash teatr ijodining asosiy xususiyatidir. “Sabil qoddi” (F.Musajonov), “Jan- jal” (Shukrullo), “mayiz emagan xotin” (A.Qaxdor asari asosida M. Boboev asa- ri), “Kulol va qaroqchi” (mehmon baxti), “Afandi va Azroil” (yu.Aliev), “Temir xotin” (Sh.Boshbekov), “Davlat bolala- ri” (R.Muhammadjonov), “Oltin jo’ja sarguzashtlari” (V.Orlov), “Qovurilgan o’rdak parvozi” (Tafuk al Hakim, To’ra Mirzo), “oybolta va Toshpo’lat” (R.Qodirov, A.Qayumov), “yolg’onchi dar- kor” (D.Psafos), “Adashganlar” (T. Muhiddin), “besh kunlik kuyov” (Shuxrat), “Yo shoh, yo Afandi, yo …”(Sh.Azimzoda) va b. teatrda sahnalashtirilgan eng yaxshi spektakllardir. Teatr jamoasi teztez viloyatlarga chiqadi va spektak- llardan tashqari teatrlashtirilgan satirik tomoshalar uyushtirib tura- Di. X. Sa’diev, E.Karimov, R. Karimo- va, B. Ixtiyorov, S.Devonov, T.Sodiqov, M.Nurmatov, Z.Ismoilova, A.Ibotulina, B.Umurzoqova, O.Egamberdieva, E.Jo’lliev kabilar teatrning etakchi AK- tyorlaridir. Badiiy rahbari va direkto- ri — Mavlon Xo’jaev. Mohina Ashirova.