Sarkisov Akop Abramovich

Sarkisov Akop Abramovich (1907.15.12, Elizavetpol gubernyasi Zangezur uezdi Xinzirak qishlog’i — 1971.26.7, Toshkent) — suv xo’jaligi qurilishi, q.x. ishlab chiqarishi va Mirzacho’lni kompleks o’zlashtirish tash- kilotchilaridan biri. O’zbekistonda xiz- mat ko’rsatgan quruvchi (1965). 1923 y.dan Partiya organlari va turli xo’jalik tashkilotlarida rahbarlik lavozimla- rida ishlagan. Farhod GES qurilishi boshlig’i (1937-48), RSFSR dagi turli qurilish tashkilotlarida rahbar (1948— 57). 1957 y.dan O’zbekiston Ministrlar Soveti huzuridagi Mirzacho’lni sug’orish va o’zlashtirish bo’yicha Bosh boshqarma (“Glavgolodnostepstroy”, 1963 y.dan “Glavsredazirsovxozstroy”) boshlig’i. Bu yillarda O’rta Osiyo va Qozog’istonda 400 ming ga yaqin qo’riq erlar o’zlashtiriddi, yirik zamonaviy sug’orish sistemalari qurildi, erlarni o’zlashtirishda yangi texnik echimlar kashf etildi, Paxtachi- lik va sholikorlik xo’jaliklari tashkil etildi. Sirdaryo viloyati Do’stlik tuma- nidagi xo’jalikka, Janubiy Mirzacho’l kapali va b.ga S. nomi berilgan.