Sarkomastigoforalar

Sarkomastigoforalar, sox- ta oyoq xivchinlilar (Sarcomastigophora) — bir hujayrali hayvonlar tipi. Yakka yoki koloniya bo’lib yashaydi. Soxta oyoq (psevdopodiy)lar yoki xivchinlar yordami- da harakatlanadi. Ayrim turlarida bu ikki xil organoid ham uchraydi. S. nam tuproq, tinch oqadigan va ko’lmak suv- lar, dengiz va okeanlar tubida va plan- ktonda yashaydi. Ayrim turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. 20000 ga yaqin turi ma’lum. Sarkodalilar va XIV- chinlilar sinflariga ajratiladi.