Sarmish davlat buyurtma qo’riqxonasi

Sarmish davlat buyurtma qo’riqxonasi — Navoiy viloya- tining Navbahor tumanida, Qoratov tog’idagi hududda joylashgan. 1991 y.da tashkil etilgan. Um. mayd. 5000 ga. O’simliklar va hayvonot olami, noyob qoyatosh rasmlari va tarixiymada- niy yodgorliklarini muhofaza qilish, muhofaza ob’ektlaridan ma’rifiy va ilmiy maqsadlarda foydalanish vazi- falarini bajaradi. Hududi Sarmish- soy havzasi va Koraungursoyning bir qismini egallaydi, dengiz sathidan 1000 m balandlikda joylashgan, rele- Fi Kizilqumning tipik past tog’laridan iborat. Qo’riqxonada shamol eroziyasi na- tijasida hosil bo’lgan turli odam va hayvonlarga o’xshaydigan qoyatosh shak- llari ko’p. Sarmishsoyya darasida, ayrim olimlarning fikricha, neolit davriga xos bo’lgan 3 mingdan 8 minggacha qad. qoyatosh rasmlari, petrogliflarning hatto jahon darajasida noyob bo’lgan na- munalari, O’zbekiston Kizil kitobiga kiritilgan O’rta Osiyo kobrasi, echkiemar va b. sudralib yuruvchilar bor. Petro- gliflarni o’rganish bo’yicha i.t. ishlari olib borilgan.