SAFFORIYLAR DAVLATI

SAFFORIYLAR DAVLATI – Eronda safforiylar sulolasi hukmronlik kilgan davlat (861-900). Seyistonlik dehkon Ya’qub ibn Lays asSaffor asos solgan. 9-a.ning 2-yarmi- da O’rta Osiyo va Eron chegarasida xalq harakatlari kuchayib ketadi. Bu xalq harakatlaridan misgar akauka Ya’qub va Amr ibn Layslar o’z niyatlarini amal- ga oshirishda foydalandilar. Avval ular qarokchilik qildilar, so’ngra Sey- istondagi “g’oziylar” (“e’tiqod uchun kurashuvchilar”) ko’shiniga ko’shildilar. Ya’qub tez orada bu qo’shinning boshlig’I bo’lib oladi. U 861 y.da Seyistonning poytaxti Zaranj sh.ni tohiriylarsan tortib oldi. 873 y.da ularga so’nggi zar- Bani berib poytaxt Nishopurni egallay- Di. Natijada Arab xalifasi Xuroson no- ibligini Ya’qubga topshirishga majbur bo’ladi. 876 y.da Ya’qub katta qo’shin b-n Bag’dod tomon yo’l oldi. Bu jangda Ya’qub xalifa qo’shinidan mag’lubiyatga uchradi va u orqaga kaytdi. 879 y.da Ya’kub vafot etib taxtga ukasi Amr ibn Lays o’tirdi va xalifaga o’z vassalligini bildirdi. Bunga javoban xalifa Amr ibn Laysni Xuroson va Eronning noibi ekanligini qayd qiluvchi yorliq yubordi. Bu davrga kelib Movarounnahrda Somoniylar Su- lolasi kuchayib borayotgan edi. Xalifa almu’tazid (892-902) Ismoil somo- niy Movarounnahr hokimligidan tushi- rilgani va u erga Amr ibn Laysni hokim qilib tayinlaganini e’lon qildi. Movarounnahr noibligi to’g’risidagi yorliqni olgan Amr ibn Lays Ismoilga karshi qo’shin tortdi. 900 y.da Buxoro ostonasida Amr ibn Lays qo’shinlari tormor etildi. Tohir ibn Muhammad bir necha marta harakat qilib Safforiylar davlatini tiklay olmadi. 9-a. boshlari- da Somoniylar mulkiga qo’shib olindi.