SAFOGARAY

SAFOGARAY (1510-1549) Qozon xoni (1524-49). Qrim shahzodasi FotihGarayning o’g’li. Qozon taxtini amakisi SohibGaraydan so’ng egallagan. S.G. hokimiyati yirik mulkdorlar tomo- nidan cheklangan edi. Qrim xonligi va No’g’ay O’rda b-n mustahkam aloqada bo’lib, Rossiyaga qarshi harbiy yurishlar qilgan (1535— 37, 1541-42). Xalqharakatlari (1532, 1545-46, 1549), mulkchilik jara- yonining chuqurlashuvi va Qrim mulkdor- larining saroydagi mavqelarini kuchay- ishi S.G. hokimiyatini zaiflashtirgan. Uni ikki marta taxtdan ag’darishgan. S.G. davrida Qozon xonligining “tog’lik to- moni” aholisi (chuvashlar, tog’li Mariy- lar va b.) rus fuqaroligini qabul qilgan.