Saxarov Andrey Dmitrievich

Saxarov Andrey Dmitrievich (1921.21.5 Moskva 1989.20.12) rus naza- riyotchi fizigi, jamoat arbobi, SSSR da vodorod bombasini yaratganlardan biri (1953), akad. (1953), 3 marta mehnat Kdhramoni (1953, 1956, 1962). Moskva un-tini tugatgan (1942). SSSR FA ning P.N.Lebedev nomidagi Fizika in-tida ishlagan (1945 y.dan). Ilmiy ishlari magnit gidrodinamikasi, plazma fizika- si, boshqariladigan termoyadro sintezi, elementar zarralar, astrofizika, gravi- tasiyaga oid. Boshqariladigan termo- yadro reaktsiyasini yuzaga keltirish uchun magnit maydonida qizigan plazmani qo’llash g’oyasini taklif etgan (I.E. Tamm b-n hamkorlikda). 50y.larning oxirida yadro qurollarini sinashni to’xtatish ke- rakligi to’g’risida faol ishtirok etgan. 60y.larning oxiri — 70y.larning boshi- da huquqni himoya qilish harakatining etakchilaridan biri (q. Dissident- lar). S. “Taraqqiyot, tinchtotuv yashash va intellektual erkinlik to’g’risida mulohazalar” (1968) asarida birbiriga qaramaqarshi turgan sosialistik va ka- pitalistik sistemada yadro urushi, ochlik, ekologik va demografik halokat, jamiyat ma’naviyatining inqirozi, irqchilik, millatchilik, diktatorlik rejimi kabi insoniyatga solayotgan taxdidlar ustida fikr yuritdi. Jamiyatni demokratlash- tirish va qurolsizlantirish, ikki si- stemani yaqinlashtirishga olib boradi- gan intellektual erkinlik, sosial va ilmiytexnika taraqqiyotini barqaror etish masalalari ko’tarildi. Mana shu asar G’arbda e’lon qilinganidan so’ng S. hamma maxfiy ishlardan chetlash- tirildi. Afg’onistonga sovet qo’shini kiritilishiga ochiqdanochiq norozilik izhor qilgani uchun 1980 y. yanv.da barcha mukofotlaridan maxrum etildi va Gor- kiy sh.ga surgun qilindi. U erda ham S. huquqni himoya qilish faoliyatini davom ettirdi. Surgundan 1986 y.da qaytgan. Tinchlik bo’yicha Nobel mukofoti Laure- ati (1975). As: Vospominaniya, M., 1990.