Sarkoma

Sarkoma (Yun. sarkos — et va oma — o’sma ma’nosini ifodalovchi qo’shimcha) — asosan, biriktiruvchi to’qimadan (yumshoq to’qimalar va suyak sarkomalari), ba’zan suyak ko’migidan (retikulosarko- ma) paydo bo’ladigan xavfli o’sma. Sababchi omillari va rivojlanish molekulyar mexanizmi Rakka o’xshash (q. Rak). S.ning bir necha turi ajratila- Di. S. rakdan kam uchrashi (hamma xav- fli o’smalarning 3% idan kam), aso- san, yosh kishilar yumshoq to’qimalari va suyaklarining zararlanishi, atrof to’qimalarning emirilishi, o’zidan uzoqrokdagi a’zolarga tez metastaz beri- shi, kuchli og’riqlar (ko’proq kechalari) va davolash natijalarining kam naf beri- shi b-n farq qiladi.