Sa’dullaev Lutfulla

Sa’dullaev Lutfulla (1940.18.12, Toshkent) — aktyor, rej. O’zbekiston xalq artisti (2001). Tosh- kent teatr va rassomlik san’ati in-tini tugatgan (1965). 1963 y.dan yosh tomosha- binlar teatri aktyori. S. ijro etgan rol-lari inson qalbiga yaqin bo’lib, tomosha- binni o’ziga hamdard qila olishi, obraz- lar xarakteri, dunyoqarashi, qahramonlar ichki dunyosining rangbarangligi, boy va kengligi b-n ajralib turadi. Muso Ja- lil (“Muso Jalil”), Bunyod (“Semurg'”), Ibn Sino (“donishmandning yoshligi”), Hamza (“Qaldirgochlar”), Qori (“Tobut- dan tovush”), Shog’ulom (“janjal”), omon (“Shum bola”), Mirqosim (“zaharli tom- chilar”), Ibn mal’un (“ming bir kecha”) kabi rollari b-n tanilgan. U ko’pgina te- lefilm, videofilm va telepostanov- kalarda ham ko’plab rollar o’ynagan: ber- Di (“qismat”), Abdulla (“odam bo’lish qiyin”), Alimardon To’raev (“Bahor qaytmaydi”), mahkam (“uch ildiz”) va b. Shuningdek, S. “Otalar so’zi — aqlning ko’zi” ko’rsatuvining faol ishtirokchi- laridan. Rej. sifatida ham ijod qilib, “Adashganlar” (T. Qozoqboev), “Tinib- tinchimas buvijon” (L. Sa’dullaev), “Gap yo’q, qo’zichoq” (S. Sirojiddinov), “Bolalar shou”, “Zumrasha”, “rivoyat” (h. Nizomitdinov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. 2003 y. u kinorejis- syor sifatida “Munis onam” filmini ekranlashtirdi.