Spermatofor

Spermatofor (sperma va Yun. Phoros — olib yuruvchi) — spermatozoid- lar bilan to’lgan kapsula; spermatozoid- larni saklaydi va qurib qolishdan himoya qiladi. S. ayrim mollyuskalar, zuluklar, pogonoforalar, suvda va quruqliqda yashovchilar, ko’pchilik bo’g’imoyoklilar uchun xos. Qisqichbaqasimonlar, o’rgimchaksimonlar va hasharotlar S. ni oyoklari yoki paypaslagichlari yordamida jinsiy yo’liga kiritadi. Ayrim osmi- noglarda S. bilan to’lgan paypaslagich — gektokotil erkagi tanasidan ajralib Su- zib yuradi; urg’ochisini topsa, uning man- tiya bo’shlig’iga kirib oladi. Triton va salamandralar S.ni biror narsaga yopish- tirib qo’yadi; urg’ochisi uni kloakasi bi- lan oladi. Ayrim xasharotlarning erka- gi S.ni urg’ochisi qorin qismiga yopishti- rib qo’yadi. S. yordamida urug’lanish suvda urug’lanish bilan quruqlikdagi kuyikish o’rtasida oraliq holatni egallaydi.