Sporali o’simliklar

Sporali o’simliklar aso- san, sporalar yordamida jinsiy va jins- siz ko’payadigan o’simliklar. Ko’pchilik S.o’. noqulay muhit sharoitini spo- ra holatida o’tkazadi. Ayrim S.o’.da sporalar kamdankam paydo bo’ladi, ular, asosan, tanasining bo’laklarga bo’linishi yo’li bilan ko’payadi. Tuban sporali o’simliklar va yuksak sporali o’simliklarga bo’linadi. Tuban spora- li o’simliklar suvo’tlar, bakteriyalar, zamburug’lar va lishayniklardan; yuk- sak sporali o’simliklar esa plaunlar, qirqbo’g’imlar, qirqquloqpar, selagi- Nella va ayrim qazilma o’simliklardan iborat. S.o’. ochiq urug’lilar va yopiq urug’lilarta qaramaqarshi qo’yiladi. Pe- kin urug’li o’simliklarning chang donacha- lari va murtak xaltachasi yuksak S.o’.ning sporalariga gomolog xisoblanadi.