Somon

Somon — ezib maydalangan g’alla poyasi; em-xashak. Bug’doy, arpa, Jav- dar, suli va b. g’alla ekinlarini xir- monda ho’kiz, ot, eshak bilan yanchishda (ho’p) mol tuyog’i ta’sirida poya ezilib, mayda S. qosil bo’ladi. 100 kg bahorgi arpa va bug’doy S.nining to’yimligi 22-33 ozuqa birligiga teng. Bug’doy va arpani kombaynda yanchishda esa bar- glarining ko’p kismi yanchish jarayonida maydalanib, ventilyator shamoli ta’- siridan uchib ketadi, maydalanmagan poya ko’p chiqadi. S.da 30-42% kletchat- ka, 35— 40% atrofida azotsiz ekstrakt moddalar, 1,3—2,8% protein va b. bor. Mollarga edirishdan oldin S.ga Max- sus usullarda: qaynoq suvda bo’ktirish, qaynoq bug’da bug’lash, barda, lavlagi turpi, qirqilgan ildizmevalar bilan aralashtirish, kaustik soda, kaltsiy- li soda, ammiakli suv, suyuq ammiak va ohak suvi, osh tuzi, karbamid eritmasi bilan ishlov berish uning xushxo’rligi va to’yimliligini oshiradi. Sdan mol- lar tagiga to’shama uchun foydalaniladi. Shuningdek, S. mahalliy qurilish Mate- riali hisoblanadi, somonsuvokda loyga qo’shiladi, suvoqning mustahkamligi va yorilmasligini ta’minlaydi.