ZIANGIROV MUHAMED SULTANGIROVICH

ZIANGIROV MUHAMED SULTANGIROVICH (1923, Yangiyo’l tumani — 1943.30.9, Dnepropetrovsk viloyati Solyonoe tumani Voyskovoye qishlog’i) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1942 yildan frontda. 198 alohida o’qchi otryadi (Janubiy G’arbiy frontning 6 armiyasi) ning avtomatchisi, efreytor. Dnepr daryosini kechib o’tishda jasorat ko’rsatgan. 1944 yil 19 martda (vafotidan so’ng) qahramon unvoniga sazovor bo’lgan.