Segregasiya

Segregasiya (metallurgiyada) — qotishma sovitilganda suyuq faza tarki- bining o’zgarishi va qotish jarayonida shu o’zgarish tufayli qattiq qotishmada har xil tarkibli joylar paydo bo’lishi. S. kristallitlararo, solishtirma og’irlik bo’yicha (qavatli) va zonal turlarga bo’linadi. Kristallitlararo S.ni mi- kroskop ostidagina payqash mumkin, so- lishtirma og’irlik bo’yicha S.ni qotishma quymasining bo’ylama kesimidan tayyor- langan mikroshlifda mikroskopsiz ham ko’rsa bo’ladi, zonal S.ni ham mikroskop- siz ko’rish mumkin. Kristallitlararo S.da dastlab ajra- lib chiqqan qo’rg’oshin kristallitlari b-n shu kristallitlar orasida joylashgan evtektik aralashma (suyuq qotishmadan bir vaqtning o’zida kristallangan ikki yoki undan ortiq xil kristallarning mexanik aralashmasi) birbiridan farq qiladi. Solishtirma og’irlik bo’yicha S. hosil bo’lishiga ajralib chiqadigan qattiq fazoning solishtirma og’irligi b-n qolgan suyuq fazaning solishtirma og’irligi orasida farq va qotish vaqtida sekin sovitish sabab bo’ladi. Zonal S.ga sabab shuki, qolipga quyilgan suyuq qotishma qotayotganda quyma qobig’idan ichkari tomonga uzunchoq kristallit- lar o’sib chiqib, sirtqi devor hosil qilishi tufayli suyuqlik quyma ichiga to’planadi, natijada S. yuz beradi. S. metallar va qotishmalarda nuqsonlar kelib chiqishiga sabab bo’ladi, ularga me- xanik ishlov berishni qiyinlashtiradi, ularning strukturasi va xossalarini yomonlashtiradi, S.ning oldini olish va bartaraf qilish uchun metall va krtish- malar rafinasiyalanadi, legirlanadi, qo’shimchalar qo’shiladi va b. Ad.: To’raxonov A.S., Metallshunos- lik va termik ishlash, T., 1968.