Sobitov Zohid (Zagid) Zarifovich
Sobitov Zohid (Zagid) Zarifovich (1909.21.10, Tatariston Respubli- kasi — 1982.11.7, Toshkent) — kinore- jissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1964). O’zbekiston xalq artisti (1970). Faoliyatini 1929 y. “Sharq kinosi” studiyasida rej. yordam- chisiligidan boshlagan. 1930-32 y.lar “Mosfilm”da, 1933-35 y.lar “Sharq kinosi”da rej. assistenti bo’lib, “Bo’lat Botir”, “dumli yulduz”, “sa- Mara guli”, “yangi hayot” filmlarini ishlashda qatnashgan. 1937-82 y.lar “O’zbekfilm” rej. i. “Oddiy ish” (1940) kinonovellasi S.ning ilk badiiy filmidir. Urush yillari “frontda- gi do’stlar”, “Vatanga sovg’a” (K. Yorma- tov b-n hamkorlikda), “besh respublika kontserti” kabi badiiyhujjatli fil- mlar yaratdi. “Ogoh bo’l!”, “10 yil”, “Cho’ldagi yo’l” singari hujjatli hamda “Stadionda uchrashamiz”, “Sahrodagi voqea”, “farzandlar”, “Hamza”, “samo- lyotlar qo’na olmadi”, “fidoyi”, “Gene- ral Rahimov”, “Chinor”, “Favqulodda hodisa”, “ikki jangchi haqida qissa” kabi badiiy filmlari b-n o’zbek kinosi rivojiga munosib xissa qo’shdi. S. o’zbek kinosida birinchilardan bo’lib detektiv janrda film yaratganlardan, uning filmlari qahramonlik, do’stlik va insoniylikni tarannum etadi. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).