Sodiqov Zohid
Sodiqov Zohid (1910.1.1, Toshkent — 1962.12.4, Samarqand) — O’zbekiston xalq artisti (1950). Ijodini 1924-34 y.lar Toshkent ishchiyoshlar teatrida dra- ma va musikali drama spektakllarida rollar ijro etish b-n boshlagan. 1934 y.dan H.Olimjon nomidagi musiqali drama teatrida faoliyat ko’rsatgan. Ne’- mat (“Halima”), Farhod (“Farhod va Shirin”), Qodir (“G’unchalar”), Qodir (“Gulsara”), Tohir (“Tohir va Zuhra”), Qosim (“besh so’mlik kelin”), Mardon (“Davron ota”), Shoh Bahrom (“Dilo- rom”) kabi obrazlarni musiqali drama- larda yaratgan. Dramatik spektakllarda Rustam (“Rustam”), Arslon (“Tormor”), Kalaf (“Malikai Turandot”), G’ulom (“Nomus va muhabbat”), G’ofir (“boy ila xizmatchi”), Majididdin (“Alisher na- voiy”), Muqimiy (“Mavlono Muqimiy”), Montaro (“Otello”) kabi rollarni ijro etgan.