Sverdlin Lev Naumovich
Sverdlin Lev Naumovich (1901.16.11, Astraxon — 1969.29.8, Moskva) — Xalq artisti (1954). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ar- tist (1944). 1921 y. Turkiston Siyosiy boshqarmasi qoshidagi teatr studiya- dan S. Moskvaga o’qishga jo’natilgan. O’qishni tugatgach (1926), 1937 y.gacha Mey- erxold, 1937-40 y.lar Vaxtangov teat- rlarida, Moskva drama teatri, 1954-67 y.lar V. Mayakovskiy nomidagi teatrda ishlagan. S. o’zbek professional aktyor- larining birinchi muallimlaridan. U 1924-30 y.lar Moskvada birinchi va ikkinchi o’zbek drama studiyalarida dars bergan (“qorovul uyqusi”, “Yorqinoy” spektakllarini sahnalashtirgan). Ti- xon (“momaqaldiroq”), poloniy (“xam- let”), Xlebnikov (“nomus qonuni”), Melodi (“shoir qalbi”) va b. sahnada yaratgan eng yaxshi rollaridan, “Moskva- dan yiroqda” (Zalkind), “moviy dengiz yonida” (Yusuf), “toqqa qochgan Alitet” (Alitet), “yo’l” (Beimbetov) kabi fil- mlarda suratga tushgan. Toshkentda onasi yashagani tufayli u O’zbekistonga teztez kelib turgan va milliy kinomizning shakllanishiga munosib hissa qo’shgan. 1943 y. S. “Nasrnddin Buxoroda” fil- mida Xo’ja Nasriddin obrazini yarat- gan. Shuningdek, Toshkent kinostudiya- sida yaratilgan “uning ismi Suxebator” (“Mongolkino”, 1942) filmida ham Su- xebator rolini o’ynagan.