Sepkil

Sepkil — teridagi sarg’ish, qo’ng’ir, qoramtir, shakli har xil dog’lar. Ular sog’terida paydo bo’lib, kishini mutlaqo bezovta qilmaydi. Ko’proq 4-6 yashar bolalarga tushib, kishi qariganda yo’qolib ketadi yoki unchalik bilinmay- digan bo’lib qoladi. Ko’pincha oqsariq, malla rang kishilarda paydo bo’ladi. S. naeddannaslga o’tadi. S. dog’lari, asosan, terining ochiq, ya’ni quyosh nuri tusha- digan erlariga: yuz, bo’yin, ko’krakning yuqori qismi va qo’lning tashqi tomo- niga tushadi. S dog’lari baxrr va yozda ko’payib, kuz va qishda bilinmaydigan bo’lib qoladi yoki yo’qolib ketadi. S. toshishiga moyil kishilar o’zlarini mumkin qadar quyosh nuri ta’si- ridan saklashlari kerak. S.ni yo’qotish istagi tug’ilsa, albatta, vrachga murojaat etish zurur.