ZIKKURAT

ZIKKURAT — qadimgi Bobil va Ossuriyada ehromlar yonida xom g’ishtdan qurilgan ichki xonasiz zinasimon minora. Ayrim Zikkuratlar zina o’rnida qiya qavatlarga zina (yoki yo’lak) dan chiqib tushilgan, eng yuqori qavatda ibodat qilingan.