Simob-organik birikmalar
Simob-organik birikmalar – molekulasidagi simob atomi b-n uglerod atomi bevosita bog’langan orga- nik birikmalar (S—Hg). SB. alifatik, aromatik, geterosiklik va kvazikom- pleks birikmalarga bo’linadi. 2 aso- siy ko’rinishi — to’liq almashinadigan (simmetrik) R—Hg—R va simoborganik R—HgX (R — organik radikallar, X — kislota qoldig’i) ko’rinishdagi turlari ma’lum. Ular birbiriga oson aylanadi. S.b.ning asosiy qismi qattiq moddalar, alifatik katordagilari suyukliklardir. Ular turli metallorganik birikmalar olishda, tibbiyotda insektisid va Fungi- tsidlar sifatida ishlatiladi. Barcha SB. zaharli, organizmda yig’iladi. Undan zaharlanishning oldini olish maqsadida oltingugurt b-n to’yintirilgan suv (mas, “Naftusya” mineral suvi) ichish tavsiya etiladi.