Singallar, sinxallar
Singallar, sinxallar (o’zlarini sher avlodi deb atashadi) — xalq, Shri Lanka Respublikasining asosiy aholisi. 13,2 mln. kishi (1990y.lar o’rtalari). S. vodiylik va tog’lik (kandiylar) gurux- larga bo’linadi. S. ajdodlari mil. AV. 5-a.da shim Hindistondan ko’chib kelib mahalliy vedoid qabilalari b-n ara- lashgan. Sning shakllanishida tamillar, malayyalar, arablar, qisman portugallar, gollandlar, inglizlar ishtirok etgan. Singal tilida so’zlashadi. Dindorlari — buddistlar, xristianlar ham bor. S. dehqonchilik, bog’dorchilik, baliq ovlash va hunarmandchilik b-n shug’ullanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Singapur
- Singapur
- Singapur bo’g’ozi
- Singarmonizm
- Singenetik konlar
- Sinichenko Valentin Emmanuilovich
- Siniskiy Dmitriy Dmitrievich
- Siniyju, Siniychju


