Karno (Carnot) Nikola Leonar Sadi
Karno (Carnot) Nikola Leonar Sadi (1976.1.6 – Parij – 1832.24.8) –frantsuz fizigi va muhandisi, issiqlik dvigatel- lari nazariyasini yaratuvchilardan biri. “Olovning harakatga keltiruvchi kuch va bu kuchni rivojlantiradigan mashina- lar haqida mulohazalar” nomli yagona va mashhur asarida (1824) issiklikdan xarakat olish masalasini ko’rib chiqdi. Ideal aylanma jarayonni (Karno tsik- li) taxlil qilib, u issiqroq jismdan sovuqroq jismga issiqlik o’tgandagina foydali ish bajaradi, degan xulosa- ga keldi. U, shuningdek, f. i. k. faqat isitkich va sovitkich t-ralariga bog’liq, issiqlik dvigatelining tuzilishi va ish bajaruvchi jism tabiatiga bog’liq bo’lmaydi, deb tushuntiradi (Karno te- oremasi). B. Klapeyron 10 yildan so’ng (1834) K. fikrlarini matematik shaklga keltirdi. Keyinroq R. Klauzius va u. Tomson (Kelvin) K. g’oyalarini rivoj- lantirib, termodinamikaning ikkinchi bosh qonunini bayon qildilar (1850).