Katalaza

Katalaza (Yun. katalysis — bu- zilish) — oksidoreduktazalar sinfi- ga mansub ferment. Vodorod peroksid (N2O,)ning suv (N2O) b-n kislorod (O2) ga parchalanishini katalizlaydi: 2N2O2^2N2O+O2 Suvning quyi kontsentrasiyalarida K. quyi spirtlar, polifenollar va b.ni oksidlab peroksidazaga xos faollik- ni namoyon qiladi. K. barcha hayvon va o’simliklar to’qimalarida, asosan, sut emizuvchilar jigari va eritrosidlarida hamda aerob mikroorganizmlarda mav- jud. Mol. m. 225000-248000. K. ingi- bitorlariga ko’pchilik tuzlar (mas, sul- fidlar, tsianidlar, azidlar, ftoridlar) kiradi. K. ning biologik funktsiyasi to’qima membranalarini N2O2 dan, supe- roksiddismutaza b-n birgalikda esa Su- peroksid radikalidan himoya qilishdir. Odam eritrosidlaridagi K. faolligini aniklash tibbiyotda ba’zi kasalliklarga tashhis qo’yishda qo’llaniladi.