Kasik

Kasik (ispancha cacique) — 1) Meksika, Vest-Indiya va Markaziy Amerikadagi indeyslar yo’lboshchisi (dohiysi). Kasik lavozimi, odatda, ma’lum urug’, oilada merosiy bo’lgan. Kasiklar va ularning avlodidan asteklar, Mayya va boshqa xalqlarning zodagon tabakalari shakllangan. Kasiklarning bir qismi ispan mustamlakachilari tomoniga o’tgan va katta yer egalari, amaldorlarga aylangan; 2) Lotin Amerikasi va Ispaniyaning ma’lum viloyatlarida harbiylardan chiqib hokimiyatni egallab olgan obro’li siyosatdonlarning atalishi. Kasiklar yordamida Markaziy hokimiyat o’z hukmronligini joylarda olib borgan boshqarish tartibi kasikizm deb nom olgan.