Katta panda, bambuk ayiq
Katta panda, bambuk ayiq (Ailuropoda melanoleuca) — enotsi- monlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Ba’zan K.p.ni ayiqsimonlar oilasiga yoki kichik panda b-n birga pandasimonlar oilasiga kiritiladi. Urug’ning yagona turi. Tashqi ko’rinishi ayiqqa o’xshash, undan tishlarining tuzi- lishi va dumining uzun bo’lishi b-n farq qiladi. Uz. 120-180 sm, dumi 12 sm ga yaqin. Tanasi yo’g’on, oyoqlari kalta. Yungi oq, faqat oyoqlari, qulog’i va demining uchi, ko’zlari atrofi qora; ko’kragida ham ko’ndalang qora yo’li bo’ladi. XI- toyda tarqalgan, ilgari Hindixitoy va Kalimantan o.dagi bambuk o’rmonlarida yashagan. 1-2 ta bola tug’adi. Bambuk novdalari va iddizi b-n oziklanadi. Soni keskin kamayib bormoqda. Xitoy- da “milliy xazina” deb e’lon qilingan. Tutqinlikda deyarli ko’paymaydi. Tabi- atni muhofaza qilish xalqaro tashkilo- ti qizil kitobiga kiritilgan.