Karton mashinasi

Karton mashinasi – suvda maydalangan tolali mahsulot (qog’oz massasi) ni presslab suvini chiqarib karton tayyorlash mashinasi. Tur, presslash, quritish va ishlov berish qismlaridan iborat. Doyra turli, yassi turli, kombinatsiyalashgan to’rli va ikkita tur orasida tayyorlaydigan (ikki turli) xillari bor. Doyra to’rli Karton mashinasida tarkibi (tolasiga ko’ra) va massasi (1 m2 200 dan 800 g gacha) turlicha bulgan ko’p qatlamli karton tayyorlanadi. Yassi turli Karton mashinasi qog’oz tayyorlash mashinasita o’xshab ishlaydi, biroq ularda quritish qismining o’lchami kattaroq bo’ladi. Bunday mashinalarda 1 m2 ining massasi 500 g gacha, to’rli va ikki turli Karton mashinasda 1 m2 ining massasi 800 g gacha bo’lgan bir, ikki va ko’p qatlamli karton tayyorlanadi.