Katta g’ul, katta qo’l
Katta g’ul, katta qo’l — 13— 15-a.larda turk-mo’g’ul qo’shini Mar- kazi. Bu qismga hukmdorning shax- san o’zi yoki uning atoqli sarkarda- laridan biri qo’mondonlik qilgan. Amir Temur qo’shinida K. G’. 40 bo’luk — polkka taqsimlangan va bevosita Sohibqiron rahbarligida bo’lgan. Ushbu bo’luklarning saralangan askarlardan tashkil etilgan 12 bo’luki markazning birinchi safida, qolgan 28 bo’luki esa ikkinchi va uchinchi saflarda joylash- gan. 40 bo’lukning o’ng tarafi oldida Amir Temur farzandlari va nabira- lari qismlari, so’l tarafi oldida esa oliy bosh qo’mondon qarindoshlari va ittifoqchilari qismlari saf tortgan. Bu qismlar qo’shinning boshqa qismlariga istagan paytda ko’mak berishga shay tur- gan. Sohibqiron qo’shinida, shuningdek, kichik qo’llar ham mavjud bo’lib, ular o’ng qanot va so’l qanotning markazida joylashgan. /id.: N i z o m i D D i n Shomiy, Zafarno-ma, T., 1996; Dadaboev H., Amir Temurning harbiy ma\orati, T., 1996.