Kramatorsk
Kramatorsk — Ukrainaning do- nesk viloyatidagi shahar. Kazyonniy To- res daryosi (Severskiy Donesk irmog’i) bo’yida. T. y. tuguni. Aholisi 203,9 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). Og’ir ma- shinasozlik markazi (Starokramatorsk, Novokramatorsk z-dlari, og’ir mashi- nasozlik, stanoksozlik z-dlari. Qora metallurgiya rivojlangan. Koks kimyosi z-dlari bor. Prokat, kondisioner, emal, qurilish materiallari (tsement, shifer, mineral paxta) va b. ishlab chiqariladi. Engil, oziq-ovqat sanoati korxonala- ri, industriya in-ti, 2 muzey mavjud. K. 19-a.ning 2-yarmida vujudga kelgan.