Kofe

Kofe (Soneag; Arab. — qahva), qaqva daraxti — ro’yandoshlar oilasiga mansub ko’p yillik doim yashil daraxt. Sharqiy yarim sharning tropiklarida, aksari- yat Afrikada o’sadigan 40 ga yaqin turi ma’lum. 5-6 madaniy turi Arabiston ya.o.da 14-15-a. dan, Braziliyada 18-a. dan ekiladi. Evropaga K. urug’i 1592 y. keltirilgan va K. ichimligi ichish odatga aylangan. S. arabica (Arabiston K.si) va C.liberica (Liberiya K.si) ko’proq tarqalgan. Kofezorlarning asosiy qismi Braziliya (jahon bo’yicha etish- tiriladigan K.ning yarmi), Efiopiya, Kolumbiya, Yamanda joylashgan. Indone- ziya, Hindistonda ham ekiladi. Jahon bo’yicha K. daraxti ekilgan maydonlar 11,5 mln. ga, o’rtacha hosildorlik 6,16 ts/ ga. K. o’stirish uchun etarli mikdorda na- mlik (yillik yog’in miqdori 2200-2300 mm) va o’rtacha yillik harorat 18° dan kam bo’lmagan tabiiy-iqlim sharoit za- rur. K. yil bo’yi gullaydi va meva tuga- Di. Daraxti bal. 8-20 m. Gullari oq, xushbo’y, ikki jinsli. Chetdan changlana- Di. Mevasi 2 uyali rezavor, 9 oyda etila- Di, to’q yashil mevalar dastlab sariq, pi- shish davrida qizil rang oladi. K. urug’i va qalamchasidan ko’paytiriladi. O’tqazilgan ko’chati 5-yili hosilga kiradi. 30-40 yil hosil beradi. 1 tup daraxtidan 1 kg ga yaqin urug’olinadi. Urugi tarkibida 13-14% azot moddalari, 0,65—2,7% kofein, 2-3% saxarin va b. mavjud. Ulardan kofein va K. ichimligi tayyor- lanadigan kukun olinadi. K. ichimligi tayyorlash uchun K. doni 180-200° xaro- ratda 20-30 min. davomida qovuriladi, yanchiladi. Qovurilganda ichimlikka Ji- garrang tus, xushbo’ylik va yoqimlik ta’m beradigan moddalar hosil bo’ladi. K. ku- kunini issiq suvda eritib, shakar qo’shib iste’mol qilinadi.