Kotib Chalabiy, Hoji Xalifa
Kotib Chalabiy, Hoji Xalifa (asli ismi Mustafo ibn Abdulloh; 1609, Istanbul – 1657.24.7) -turk geografi, tarixchisi. Evropada Hoji Xalifa ta- xallusi b-n mashhur bo’lgan. Dastlabki ilmni otasi Iso Xalifa al-Qrimiydan olgan. Keyinchalik boshqa olimlardan ta- rix, ilmi nujum, geogr. va mat. fanlari- ni o’zlashtirgan. 1622 y.dan saroyda ko- tiblik qilgan. 1627-35 y.larda harbiy yurishlarda qatnashgan. 1643 y.dan saroy- da muhosib ishlari b-n shug’ullangan. K. Ch. tarixiy “taqvim ut-tavorix” (“ta- rixlar taqvimi”), dengiz janglari tari- XI to’g’risida “Tuhfat ul-kibor Fi Asfor il-bihor” (“dengiz yurishlari haqida ulug’larga tuhfa”), tarixiy-Geo-grafik “Jahonnamo” (“Jahon ko’zgusi”), bibli- ografik “kashf uz-zunun” hamda moliya masalalariga oid asarlar muallifi. “Jahonnamo” to’plamida boshqa xalqlar tarixi, etnografiyasi, geografiyasi, shu- ningdek, topografiya va toponimikaga oid qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Muallif bu asarni yozishda Sharq olim-larining bizgacha etib kelmagan ko’pgina asarlaridan foydalangan. Asarda hoz. O’rta Osiyo hududiga qariyb 2 bob ajra- tilgan. Unda O’rta Osiyo geografiyasi, xalqlarining tarixiga oid ma’lumot- lar bor. “Jahonnamo” da K.Ch. birinchi bo’lib evropalik va Sharq olimlarining mamlakatlar haqidagi ma’lumotlarini qiyoslagan.