Kvadrupol

Kvadrupol (lot. quadrum — to’rtburchak, kvadrat va polos — qutb) — ishoralari musbat va manfiy, miqdor jihatdan bir xil bo’lgan zaryadlarning kvadrat shakl uchlariga ketma-ket joyla- shishidan tashkil topgan sistema. K. Di – Pol momentlari teng, zaryad ishoralari qarama-qarshi va bir-biridan ma’lum masofada joylashgan ikkita dipol (za- ryad) dan iborat. K.ning asosiy xarakteri- stikasi K. momentdir. K. dipol momen- ti Q=2e/a, bu erda e — elektr zaryad, /— dipollar orasidagi masofa, a—dipol o’lchami. K.dan uzoqlashgan sari, bunday sistemaning elektr maydon kuchlangan- ligi masofaning to’rtinchi darajasiga teskari proportsional holda kamayib bo- radi: £■= I/W. K. moment dipol momenti nolga teng bo’lgan atom sistemalarda, mo- lekulyar birikmalarda hosil bo’ladi. K. ta’sir 1/L5 kattalik, dipol ta’sir esa 1/L6 kattalik b-n ifodalanadi. Shuning uchun K. ta’sirda energiya kuchli bo’ladi. K. momentning vaqt bo’yicha o’zgarishi na- tijasida K. nurlanish vujudga keladi. K. tushunchasi kvant mexanika, yadro Fi- zikasi, elektronika, termodinamikada keng qo’llaniladi.