Kafedra
Kafedra (Yun. kathedra — o’rindiq, kursi) — 1) o’qituvchi, ma’ruzachi, notiq uchun mo’ljallangan joy; 2) oliy o’quv yurtlarida bir yoki bir-biriga yaqin bir necha fanlardan o’quv, metodika va i.t. ishlari olib boruvchi, shuningdek, il- miy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi, mu- taxassislar malakasini oshiruvchi aso- siy bo’lim. K.ga, odatda, prof., fan dri rahbarlik qiladi (dosent, fan nomzodi ham rahbarlik qilishi mumkin). K. tar- kibiga prof., dosent, assistent, kata o’qituvchi, katta va kichik ilmiy xodim, aspirant va b. kiradi. K. o’z lab. va kabi- netiga ega bo’ladi. Unga lektsiyalar, lab. ishlari, amaliy va o’quv mashg’ulotlari, seminarlar o’tkazish, o’quv va i.ch. ama- liyoti, tadqiqot ishlari, kurs va diplom loyiha(ish)lariga rahbarlik qilish va b. vazifalar yuklatilgan. K.lar umum- in-t (un-t) va f-t K.lariga bo’linadi. Umumin-t (un-t) K.lar oliy o’quv yur- tining barcha yoki ko’pchilik f-tlarida o’qitiladigan umumiy ilmiy fanlar, f-t K.lari muayyan f-tda o’tiladigan maxsus fanlar b-n shug’ullanadi; 3) xristianlik cherkovida va’z etiladigan baland min- bar.