Kafillik

Kafillik — jinoyat prosessida ehtiyot choralaridan biri. Surishtiri- ruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sud to- monidan ayblanuvchiga va sudlanuvchiga nisbatan, ular surishtiruv, dastlabki tergov va suddan yashirinishi, haqiqatni aniqlashga to’sqinlik qilishi yoki jino- iy faoliyat b-n shug’ullanishining oldi- ni olish uchun qo’llanadi. K.ni muayyan shaxs, jamoat birlashmasi yoki jamoa beradi. K.ka berilayotgan shaxs qanday jinoyat qilganlikda ayblanayotgani va qanday jazoga tortilishi qaqida K.ka oluvchiga tushuntiriladi va undan tilxat olinadi. K.ka oluvchi K.dan voz kechishga haqyai. K.ka olgan shaxs o’z majburiyatini bajarmasa, qonun bo’yicha javobgarlik- ka tortiladi (O’zbekiston Respublikasi MJK, 208-modda).