Kafolat
Kafolat (fuqarolik huquqida) — 1) mulkiy majburiyatni bajarish, chu- nonchi qarzni to’lash usullaridan biri. K. beruvchi o’zga shaxsning majburiyatini to’la yoki qisman bajarish mas’uliyati- ni o’z zimmasiga olish haqida kreditor b-n yozma shartnoma tuzadi va qarzdor b-n teng javob beradi. U o’z majburi- yatini bajarish uchun qilgan sarflari va ko’rgan zararini qarzdordan undirib olishga haqli (O’zbekiston Respublikasi FK, 292— 298-moddalar); 2) K. — biror shaxsning murojaatiga ko’ra, uning kre- ditori talab qilgan ma’lum mikdordagi pulni to’lash haqida bank va b. kredit mu- assasasi yoki sug’urta tashkiloti bergan yozma majburiyat. Buning uchun K. beruvchi haq olishi mumkin (O’zbekiston Respu- blikasi FK, 299-310-moddalar).