Kosibchilik

Kosibchilik (Arab. – kasbkorlik) — 1)tor ma’noda — charmdan kovush, Max- si, shippak, etik va b. oyoq kiyimlarini qo’lda tikish b-n shug’ullanish. Asosan, chorvachilik paydo bo’lganidan so’ng (mil. AV. 4-3 ming yillik) xom teridan oyoq kiyimlari “tikila” boshlagach, K. shak- llana borgan, lekin hali juda ibtidoiy ko’rinishda bo’lgan. Asta-sekin odamlar hayvon terisini oshlashni, undan ko’n tayyorlashni, ko’ndan charm olishni, charm- dan esa kiyim-bosh, poyabzal tikishni o’rganishgan. K. 19-a. oxirlari, 20-a. bosh- larida Toshkent, Samarqand, Buxoro va ayniqsa, Farg’ona vodiysi shaharlarida ancha rivojlangan. Bu shaharlarda yuzlar- cha K. do’konlari bo’lgan. Sanoat asta-se- kin rivojlanib, Artel va f-kalar paydo bo’la boshlagach, K. b-n shug’ullanuvchilar ham Artel va f-kalarga uyusha boshla- Di. Lekin K. b-n shug’ullanuvchi yakka shaxslar ham saqlanib qoldi. K. butun dunyoda, ayniqsa, Sharkda, shu jumla- dan, O’rta Osiyoda keng taraqqiy etgan. O’zbekistonning shahar va qishloqlarida, ayniqsa, Farg’ona vodiysida hozir K. xalq hunarmandchiligining uzviy turi sifatida yana rivojlana boshladi. K.da faqat poyabzal tikish b-n cheklanib qolinmaydi, balki telpak, ot-ulov AB- zallari, qayish, pichoq qini kabi buyum- lar tayyorlash b-n ham shug’ullaniladi; 2) keng ma’noda — qo’lda bajari- ladigan ishlar b-n shug’ullaniladigan kasblarning umumiy nomi (degrezlik, duradgorlik, zargarlik, kashtado’zlik, kulollik, ko’nchilik, miskarlik, rixta- garlik, temirchilik, tikuvchilik, tunu- kasozlik, to’quvchilik, o’ymakorlik va b.). K. b-n, asosan, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda shug’ullaniladi. K. insonning i. ch. faoliyati b-n bog’liqravishda asta-sekin rivojlangan (yana q. Hunarmandchilik).