Kopperfild Devid
Kopperfild Devid (asli Dodik Kotkin) (1959.16.1, Nyu Jersi shtati, Metchen sh.) — Amerika fokuschisi, afsun- gar, dunyoning eng mashhur ko’zbog’lovchisi. Ota-onasi asli odessalik. K.ning yosh- ligidan xotirasi juda kuchli bo’lgan. 4 yoshida bobosi ko’rsatgan fokuslarni tezda o’zlashtirib, izidan qaytargan. 7 yoshidan mustaqil, o’zi o’ylab topgan fo- kuslarini odamlar oldida namoyish eta boshlagan. 12 yoshidan turli shaharlar bo’ylab tomoshalar ko’rsatgan. 15 yoshida AQSh “afsungarlar jamiyati”ga qabul qilingan. 16 yoshidan Nyu-York un-tida afsungarlikdan dars bergan. 1974 y.dan Chikagoning “sehrgar” myuziklida ish- lagan va uzun musiqali loyihalari uchun “Kopperfild” taxallusini olgan. 1978 y. “Ey-bi-si” telekompaniyasida dunyoga mashhur ko’rsatuvlarini olib borgan. 80-y.lardan butun Amerika va dunyoni aylanib, o’z tomoshalari b-n jahonni lol qoldirmoqda. Eng mashhur tomoshalari: Buyuk Xitoy devorini “teshib o’tish”, “Grand-Kanon” ustidan uchib o’tish, Ozodlik haykalini “yo’q qilish”, mo’z tagida o’tirib, keyin uni yorib chiqish, olov ichidan ham o’zini, ham yonidagi ayol- ni sog’-omon “olib chiqish” va b. Nufuz- li “Emi” mukofotiga 12 marta sazovor bo’lgan Mohina Ashirova.