Konus
Konus (Yun. konos — dubulg’a uchi) — yopiq konus sirt va uni hosil qiluvchilarni kesuvchi S uchidan o’tmaydigan tekislik b-n chegaralangan geometrik jism. Tekislikning K. sirt ichida joylashgan qismi K.ning asosi deyiladi. K. sirtning uchi va K. asosi b-n chegaralangan qismiga K.ning yon sirti deyiladi. Agar K.ning asosi doiraviy bo’lsa, K. doiraviy K. deyiladi. S uchi shu doiraning markaziga proektsiyalansa, K. to’g’ri doiraviy K. deyiladi, SO kesma esa K.ning balandligi deyiladi (rasm). To’g’ri burchaqli uchburchak o’zining biror kateti atrofida aylantirilsa, to’g’ri do- iraviy K. hosil bo’ladi. To’g’ri doiraviy K.ning yon sirti SiH = nRL, hajmi V = -^-irr~h formula b-n hisoblangan, bunda: L yasovchisi, R — K. asosining radiusi, h — K. balandligi. K.ni uning asosiga parallel yana bir tekislik b-n kesilsa, kesik K. hosil bo’ladi. Uning yon sirti SiH = n(R + r), hajmi V — u 7g( R + — K. +rL+Rr)h, formula b-n topiladi, bunda R, g — kesik K. asoslari radiusi, h — kesik K. balandligi, / — kesik K. yasovchi.