KONTRFOS
KONTRFOS (Frans. contre — forse — qarama-qarshi kuch) — bino va b. inshootlarda devorni mustahkamlab, uning qiyshayib (og’ib) ketishiga yo’l qo’ymaydigan tirgak. Ko’ndalang de- vor, vertikal tayanch. Asosan, bino tashqarisida bo’ladi. Binolarda K. devorning gorizontal bosimini, suv to’g’onlarida suv bosimini o’ziga qabul qilib, inshootning mustahkamligini ta’minlaydi. Gotika me’morligida K. devorga gumbaz yoki ravoqdan to’shadigan bosimni o’ziga qabul qiluvchi qo’shimcha tayanch, tashqi tirgovuch sifatida qo’llanilgan. Hozir qad. me’moriy yodgorliklar mustahkamligini ta’minlashda foyda- laniladi.