Kosyubinskiy Mixail Mixaylovich

Kosyubinskiy Mixail Mixaylovich [1864.5(17). 9, Vinnisa – 1913. 12 (25), 4, Chernigov] — ukrain yozuvchisi. Ukrain adabiyotida realizm asoschisi. Dastlabki hikoyalarida xalqning faro- von hayotga intilishlari aks etgan (“Ar- Chacha”, 1891; “insoniylik”, “ishonch”, 1892; “o’ch oldi”, 1894; “qora shohning elchisi”, 1897 va b.). “Fata morgana” (“Qonli tong”) qissasi (1— 2-qism, 1904-10)da qishloqdagi tabaqalanish, dehqonlar b-n mulkdorlar o’rtasidagi munosabatlar ifodalangan. “Minorlar ostida” (1905), “kulgi”, “tush” (1906), “Hayot kitobida nimalar yozilgan” (1911), “Unutilgan ajdodlarning arvoxlari” (1912) kabi asarlar muallifi. Chuqur lirizm, qahramonlar obrazlarini ro- mantiklashtirish, o’tkir ruhiyat K. ijo- diga xos xususiyat. Asarlari o’zbek tili- ga tarjima qilingan (“remont” hajviy hikoyasi, 1976 va b.).