Kim Boris Aleksandrovich

Kim Boris Aleksandrovich (1922. 10.10, Vladivostok — 1996.3.6, Buxoro) — teatr rassomi. O’zbekiston xalq ras- somi (1970). P. Benkov nomidagi Respu- blika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1956). 1965 y.dan Buxoro teatrida bosh rassom. K. ijodi har bir spektaklning ruhiga mos ta’sirchan muhit yaratishi b-n diqqatga sazovor. “Maysaraning ishi” (1949, Hamza), “Uylanish” (1952, N. Go- gol), “Alisher Navoiy” (hamkorlikda, 1952, uyg’un va I. Sulton), “Suymaganga suykanma” (1957, S. Xo’janiyozov), “Vatan ishqi” (1958, 3. Fatxullin, Sh. Sa’dul- la), “Hamlet” (1968, u. Shekspir), “Revi- zor” (1976, N. Gogol), “kelin va kuyov” (1977, M. Bayjiev), “Layli va Majnun” (1978, Xurshid), “Mukofot” (1979, A. Gelman), “Guli siyoh” (1984, S. Jamol) va b. spektakllarga dekorasiyalar, tari- xiy va maishiy liboslar yaratgan. Kim Vladimir Vasilevich (1929. 25.9, RF Xabarovsk o’lkasi, Bikino sh.) — iqtisodchi olim, O’zbekiston FA akad. (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1981), ikti- sod fanlari D-ri (1972), prof. (1973). Toshkent moliya-iqtisod in-tini tu- gatgan (1950). Toshkent xalq xo’jaligi inti q.x. iqtisodiyoti kafedrasida o’qituvchi, dos., kafedra mudiri (1956- 82), O’zbekiston FA falsafa, iqtisod, yuridik fanlari bo’limi akad.-kotibi (1982-84), Toshkent xalq xo’jaligi inti prorektori (1985-94). 1995 y.dan tosh- kent iqtisodiyot un-tida maslahatchi. Ilmiy ishlari O’zbekistondagi paxta- kor xo’jaliklarda i.ch. samaradorligini oshirish, respublika agrosanoat majmu- ida iqtisodiy o’sish va uni ta’minlash omillari, q.x. tarmoqlarida samarador- likni baholash metodologiyasi masalala- riga bagishlangan.