Kigiz, namat
Kigiz, namat — 1) uy jihozi; ki- gizchilikda jundan bosib tayyorlanadi- gan qalin, pishiq to’shama, palos. Shark- da, xususan, O’rta Osiyo va Qozog’istonda qadimdan ma’lum. Aksariyat chorvachilik rivojlangan mintaqalarda qo’yning ju- nidan bosiladi. Guldor (naqsh mujassa- Moti yulduz, romb, Qo’chqor shoxi, bulut va b.) va gulsiz sidirg’a, ran giga ko’ra, oq K., qora K., qizg’ish K. va h.k. xillari bo’ladi. Ayniqsa, qalin va zich bosilgan oq K. qadrlangan. K.dan, asosan, to’shama sifatida (gilam, palos o’rnida) foyda- laniladi. Yana, shuningdek, o’tovlarni o’rashda, qalpoq, telpak tikishda mayu o’rnida ham ishlatiladi; 2) texnika- da — qistirma, zichlagich, issiqlik va tovush izolyasiya materiali. Jundan, mo’yna chiqindilarini bosib yoki mine- ral paxta b-n bog’lovchi modda (bitum) ni biriktirib va issiqlik ishlovi berib hosil qilinadi. Lenta, plastina, tayyor detal ko’rinishida ishlab chiqariladi. K.dan avtomobillar, traktorlar, samo- lyotlar uchun sal-niklar, qistirmalar, amortizatorlar tayyorlanadi. Qogoz ma- shinalari, musiqa asboblarida ishlati- ladi; 3) qurilishda issiqlik va tovush o’tkazmaydigan material sifatida devor- lar orasiga qo’yiladi, quvurlar o’raladi.